#o‘quv_seminari
📆2025-yil 11-yanvar sanasida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan boshlang‘ich tashkilot yetakchilari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.
✅Unda viloyat Yoshlar ittifoqining oliy va professional ta’lim muassasalari hamda korxona va tashkilotlari yetakchilari, koordinatorlar qatorida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti raisi Sardor Eshpo‘latov boshchiligidagi oliygoh yetakchilari ham faol ishtirok etdi.
💻Seminar davomida boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini namunali tashkil etish, hamda yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimi va siyosiy jarayonlardagi faolligini oshirish to‘g‘risida qiziqarli taqdimotlar qilindi.