#seminar
🏐Joriy yilning 9-12 yanvar kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston voleybol federatsiyasi bilan hamkorlikda voleybol bo‘yicha respublikamizda faoliyat yuritayotgan 30 nafar hakamlar uchun o‘quv seminari bo'lib o'tdi.
✅Bugun, hakamlar malakasini oshirish, bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, joriy yilda yurtimizda voleybol sport turidan o‘tkaziladigan musobaqalarda ularning xizmat sifatini yuqori darajaga olib chiqishni maqsadida tashkil etilgan mazkur seminarning amaliy mashg‘ulot jarayonlari o'tkazildi.
📍Mashg‘ulotlar davomida seminar qatnashchilari egallagan nazariy bilimlarini amaliyotda sinovdan o‘tkazib, hakamlik borasidagi ko‘nikmalarini yanada mustahkamladi. Ahamiyatlisi, ushbu amaliy mashg'ulot jarayonlarida universitetning voleybol ixtisosligi talabalari hamda ustoz va murabbiylari ham faol ishtirok etishdi.
📜Yakunda universitet rektori seminarning faol ishtirokchilariga maxsus sertifikatlarni topshirib, ularning kelgusidagi hakamlik faoliyatiga omad tiladi.