#sayohat #14_yanvar
🕍Joriy yilning 12-yanvar kuni universitetning bir qator ixtisoslik kafedralari talabalari va tyutorlari tomonidan 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent shahrida joylashgan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga sayohat uyushtirildi.
🇺🇿O‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushi yillaridagi shonli tarixi va ona xalqimizning qahramonligini yaxlit aks ettirgan ushbu majmua talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Xususan, talabalar majmua tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi eksponatlari, bog‘dagi urush davri manzaralari aks etgan palatkalar, dala oshxonalari, harbiy texnika va qurol-yarog‘lar hamda o‘zida butun o‘zbek ayollarining matonati va jasorati ramziga aylangan zangiotalik Zulfiya Zokirova va uning urushda halok bo‘lgan besh o‘g‘lining vafodor rafiqalari aks etgan “Matonat madhiyasi” majmuasi bilan yaqindan tanishdi.