#yugurish_marafoni
Bugun, 12-yanvar kuni Yangi O‘zbekiston bog‘ida 14-yanvar – Vatan himoyachilar kuni munosabati bilan "Men g‘olib run" ommaviy yugurish marafoni tashkil etildi.
✔️Aytish joizki, harbiy xizmatchilar, sportchilar va havaskor yuguruvchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan mazkur yugurish musobaqasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ham ishtirok etib, marafonni tashkil etish va o‘tkazishda jonbozlik ko‘rsatdi.
📍Ayniqsa, oliygohning mazkur yo‘nalishdagi talabalari uchun amaliyot vazifasini o‘tagan ushbu musobaqada, ular ishtirokchi sifatida ham qatnashib, g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldilar.
🎁 Yakunda g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.