▶️ Kengash yig‘ilishi universitet rektori, professor Rashid Matkarimov raisligida o'tkazildi. Kengash raisi mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasiga qaratilayotgan e'tibor, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi, xalqaro hamkorlik, o‘quv va ilmiy yo‘nalishda qo‘lga kiritilgan yutuqlar va oldindagi rejalar haqida o‘z mulohazalarini bildirdi.
Tahliliy ruhda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda:
🔹 Sport sohasi va universitet faoliyatiga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, Sport vazirligi topshiriqlari va buyruqlarining ijrosi;
🔹Universitet tomonidan 2024-o‘quv yilida amalga oshirilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar;
🔹Korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishida olib borilgan ishlar;
🔹Universitet va uning Nukus, Farg‘ona filiallarida ilmiy salohiyatni oshirish masalalari;
🔹O‘quv jarayonining zarur adabiyotlar (darsliklar, uslubiy qo‘llanmalar) bilan ta’minlanganligi darajasi;
🔹Sport klubi faoliyatini yanada rivojlantirish;
🔹Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlari izlanuvchilarning ilmiy faoliyati monitoringi va natijalari tahlili;
🔹O‘quv rejadagi fanlar dasturlaridan kelib chiqib yaratilishi zarur bo‘lgan o‘quv adabiyotlarining 2025-yilga mo‘ljallangan nashr rejasini tasdiqlash;
🔹Kafedralarda olib borilayotgan o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy ishlari, shuningdek talabalarning davomati va fanlar bo‘yicha o‘zlashtirishi;
🔹 Izlanuvchilarning ilmiy faoliyati monitoringi va natijalari tahlili;
🔹 Aholini ommaviy sog‘lomlashtirish yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar va universitetda faoliyat yuritayotgan to‘garaklar faoliyati va boshqa shu kabi masalalar qizg'in muhokama etildi.
Ushbu Kengashda qabul qilingan qaror va muhokamalar universitetning 2025-yildagi faoliyati samaradorligi uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.