#xizmat_safari
✈️Xabaringiz bor, ayni kunlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Jasur Zarifbayev Turkiya Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
✅ Vakilimiz, mazkur davlatning nufuzli oliy ta’lim muassasalari qatorida, yuqori davlat tashkilotlari bilan ham Universitetimiz o‘rtasidda o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatilishiga erishmoqda.
📆Xususan, safarning 24-dekabr sanasida prorektor Jasur Zarifbayev Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKAda bo'lib, agentlik prezidenti Serkan KAYALAR bilan uchrashdi. Uchrashuvda universitetda yangi sport laboratoriyasini tashkil qilish va talabalar uchun o'quv xonalarini zamon talabiga mos tarzda jihozlash bo‘yicha hamkorlik qilish yuzasidan muhim kelishuvlarga erishdi.
✔️Shuningdek, mazkur tashkilot bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari universitet uchun muhim ahamiyat kasb etib, birgalikda tashkil qilinadigan sport laboratoriyasi to‘liq TIKA tomonidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu esa kelgusida sohadagi katta-katta loyihalarni amalga oshirish hamda yangi sport laboratoriyasi talabalarga zamonaviy sport tahlili va ilmiy tadqiqotlarni olib borish imkoniyatini yaratadi va kelgusida universitetning ilmiy salohiyati yanada oshishiga xizmat qiladi.
📍Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda TIKA o'rtasidagi bu muvaffaqiyatli hamkorlik nafaqat universitet uchun, balki mamlakat sport sohasining rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi bilan ham ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga bunday loyihalar, mamlakatimizning ilmiy va ta'lim sohasidagi imkoniyatlarini kengaytirishga, jahon miqyosida yanada raqobatbardosh kadrlar etkazib berishga xizmat qiladi.