#profilaktik_tadbir
Bugun ana shu shior ostida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Toshkent viloyati OITSga qarshi kurashish markazi bilan hamkorlikda 1-dekabr – Butunjahon OITS ga qarshi kurashish kuni munosabati bilan profilaktik tadbir tashkil etildi.
Ushbu tadbirda universitet birinchi prorektori Sherzod Mirzanov, Toshkent viloyati hamda Chirchiq shahrida joylashgan tibbiyot birlashmalari mutaxassislari, diniy qo‘mita vakillari, professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida soha mutaxassislari tomonidan orttirilgan immunitet tanqisligi sindromini yuqtirish yo‘llari hamda uning alomatlari haqida talaba-yoshlarga batafsil ma’lumotlar keltirildi. Shuningdek, mazkur kasallikning tarqalib ketishiga qarshi respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tushuntirishlar berilib, mavzuga oid tayyorlangan videoroliklar ishtirokchilar e'tiboriga havola etildi.
Tadbir doirasida shiorga hamohang tarzda talabalar ishtirokida stol tennisi va shaxmat sport turlaridan musobaqalar hamda “Zakovat” o‘yinlari tashkil etildi. Tadbir yakunida esa mehmonlar, musobaqa g‘oliblariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.