kitob_aksiyasi
🏆Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Axborot-resurs markazi fondini muntazam ravishda boyitib borish yuzasidan turli aksiyalar tashkil etib kelinadi.
✅Navbatdagi aksiya tashabbuskori oliygohning Boks nazariyasi va uslubiyati kafedrasi boʻldi. Kafedra mudiri Yuriy Serebryakov tomonidan boks sport turi boʻyicha kafedra professor-oʻqituvchilarining 20 dona oʻquv qoʻllanmalari universitet kutubxonasiga taqdim etildi.
📍Aytish joizki, ushbu oʻquv qoʻllanmalar talabalar bilimi va dunyoqarashini oshirishda muhim ahamiyat kasb etib, kelgusidagi boks boʻyicha ilmiy izlanishlarga poydevor boʻlib xizmat qiladi.