⚡️ Bugun, 30-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Kengashining navbatdan tashqari kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
✅ Universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sherzod Mirzanov, prorektorlar, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari, Kengash a’zolari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish avvalida Universitetda bir necha yillar davomida faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlarga yubiley yoshlarini nishonlayotgani munosabati bilan Universitet Kasaba uyushmasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar hamda sohada uzoq yillar samarali mehnat qilgan va doimiy izlanishda bo‘lgan bir qator professor-o‘qituvchilarga “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni topshirildi.
Yig'ilish davomida kun tartibidagi muhim masalalar, jumladan, sohaga oid qaror va buyruqlar mazmun-mohiyati, ularning ijrosi, 2023/2024-o‘quv yilida fanlardan akademik qarzdor bo‘lgan talabalarni navbatdagi kursga o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, Professor-o‘qituvchilarning dars jarayonini tashkil etishi hamda davomat masalalari, universitetda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasidagi hisobotlar tinglandi.
Undan tashqari ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot va o‘quv-uslubiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
O‘z navbatida, kun tartibidagi boshqa muhim masalalar yuzasidan mas’ullar hisoboti tinglandi. Tahliliy-tanqidiy ruhda bo‘lib o‘tgan yig‘ilish yakunida yil boshidan bugunga qadar qo‘lga kiritilgan yutuqlar sarhisob qilinib, oldindagi rejalar belgilab olindi.