#yil_sarhisobi
🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda erishilgan yutuqlar qisqa raqam va izohlarda.
📚O‘quv-uslubiy yo‘nalish:
✅Universitetda jami 8 861 nafar talaba tahsil olmoqda. Joriy o‘quv yilidan 2 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 3 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
✅2024-yil hisobida o‘quv-uslubiy faoliyatni raqamlashtirish ko‘rsatkichi 80 foizga yetkazildi. Talabalarning sifatli ta’lim olishini ta’minlash uchun umumiy 105 ta o‘quv auditoriyasidan 36 tasi zamonaviy interaktiv doskalar bilan, 69 tasi smart ekranlar bilan jihozlandi.
✅Universitetda talabalarni qo‘llab-quvvatlash uchun aniq va o‘z vaqtida ma’lumotlarni olish hamda tegishli ma’lumotlar bazasini yangilash maqsadida Ofis registratori xizmatlari boshqarmasi tashkil etildi.
✅70 dan ortiq sohaning yuqori malakali, yetuk olim va mutaxassislari taklif etilgan holda, ochiq ma’ruzalar, muloqot va mahorat darslari, maxsus seminarlar hamda konferens-muloqotlar o‘tkazilib, dual ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yildi.
📖Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalish:
✅2024-yil davomida ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, harbiy vatanparvarlik, sport hamda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida 250 ga yaqin tadbirlar tashkil qilindi.
✅Jumladan, “Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz” shiori ostida “Talabalar baxori” an’anaviy festivali, taniqli shoir va yozuvchilar ishtirokida “Ma’rifat ulashib” loyihasi va “Ota-onalar forumlari” tashkil etildi. Shuningdek, Yangi 2024-2025 o‘quv yili “BIZ BIR BO‘LSAK-YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK VATANMIZ” shiori ostida qarshi olinib, uning doirasida mustaqillik darslari bo‘lib o‘tdi. Mazkur mustaqillik darslariga Parij-2024 yozgi Olimpiya va paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari jalb etildi.
✅O‘zbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov jamoatchilik asosida universiteti rektorining madaniy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha maslahatchisi, Erkin kurash bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori, AQShning dunyoga mashhur “Harvard” universiteti murabbiyi Bekzod Abdurahmonov esa rektorning Olimpiya sport turlarini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro toifadagi maslahatchi etib tayinlandi.
🏃♂️Sportdagi yutuqlar:
✅Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida sportning futbol turidan 8 nafar, boks turidan 2 nafar, velosport 1 nafar, suzish 1 nafar va dzyudo turidan 1 nafar jami 13 nafar sportchi talabalarimiz litsenziyalarni qo‘lga kiritdi. Dzyudo sport turidan Muzaffarbek To‘rabayev bronza medalini qo‘lga kiritdi. Paralimpiya o‘yinlarida sportning yadro uloqtirish 1 nafar va para kanoe turidan 1 nafardan jami 2 nafar, bundan tashqari bitirgan talabalarimizdan 10 nafari litsenziyalarni qo‘lga kiritgan. Davlat komissiyasining qaroriga asosan Olimpiya va paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan murabbiy va sportchilardan 18 nafari magistratura va 1 nafari bakalavr ta’lim yo‘nalishiga davlat granti asosida qabul qilindi.
✅Rossiyaning Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan VI BRIKS oʻyinlarida oliygohning 49 nafar talabalari 2 ta oltin, 10 ta kumush va 17 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
✔️Undan tashqari universitet sport klubi faoliyati qayta ko‘rib chiqilib, 2024 yil uchun ommaviy sport tadbirlarni tashkil etish hamda sport klubini saqlash uchun to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan 1,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
🌍Xalqaro aloqalar:
✅Universitet bugungi kunda 65 ta nufuzli oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda. Xususan, 2024-yil davomida 24 ta nufuzli oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatildi.
✅Shuningdek, joriy yilda Litva sport universiteti hamda Turkiyaning Igdir universitetlari bilan birgalikda Erusmus+ dasturi bo‘yicha xalqaro loyihalar ishlab chiqildi.
✅Malayziyaning Pendikan Sultan Idris universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yish borasida dastlabki qadamlar qo‘yildi. Joriy yil dekabr oyida esa Janubiy Koreyaning Pocheon shahri meri Park Yoon-Guk tomonidan tashrif buyurgan delegatsiya tarkibidagi investorlar tomonidan universitetimizda yangi taekvondo zali qurish rejasi ko‘rib chiqildi.
✅Turkiyaning Selchuk universiteti hamda Belorusiya milliy texnika universitetlari bilan hamkorlikda 10 nafardan ziyod talabalar ishtiroki orqali universitetda xorijiy va mahalliy talabalar almashinuvi dasturlari yo‘lga qo‘yildi.
2024-yil yakuniga qadar esa umumiy hisobda 35 nafar universitet professor-o‘qituvchilari jahonning yetakchi universitetlari va ilmiy markazlariga malaka oshirish, stajirovka o‘tash hamda xizmat safarlariga yuborildi.
📈Xalqaro reytingda O‘zDJTSU Round University Rankings 2024 natijalariga ko‘ra dunyoda 1110-o‘rinni, O‘zbekiston OTMlari orasida 15-o‘rinni egalladi. Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti THE Impact Rankings ham 2024-yil uchun o‘z natijalarini e’lon qildi va unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 1501+ o‘rindan joy oldi. Eng ahamiyatlisi, joriy yil 12-dekabr kuni oliy ta’lim sohasidagi global tahlil agentligi “UI Green Metric World University Rankings” tomonidan e’lon qilingan 2024-yil uchun Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga erishish bo‘yicha jahondagi eng sara universitetlar reytingida O‘zDJTSU TOP-800 talik ro‘yxatiga kiritildi.
🎓Ilmiy yo‘nalish:
✅Bugungi kunda universitetda jami asosiy shtatda 388 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Jami ilmiy daraja va unvonlilar – 188 nafar. Ilmiy salohiyat asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilarga nisbatan 48,4 % ni tashkil etadi.
✅Universitetda Ilmiy kengashida 2024-yilda 39 nafar izlanuvchilar: ulardan 2 nafari fan doktorlik DSc, 37 nafari PhD dissertatsiya ishlarini himoya qilishdi.
✅Professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy-amaliy jurnallarda 323 ta ilmiy maqola hamda Scopus, Web of Science xalqaro ilmiy texnik bazasiga kirgan ilmiy jurnallarda 18 ta ilmiy maqolalar chop etilib, 17 ta ilmiy anjumanlar (shundan, 7 ta xalqaro va 10 ta respublika miqyosida) tashkil qilindi.
🏢Moddiy-texnik bazani rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar:
✅2024-yil davomida Open byudjet loyihasi doirasida universitetning madaniyat saroyi va yotoqxonalar atrofi temir panjara bilan to‘liq yopildi.
✅Oliygoh talabalari uchun Eshkak eshish bazasini qurish ishlar boshlandi. Yengil atletika va futbol stadioni maydoni tabiiy chim o‘stirilib, tabiiy chim osti sug‘orish va drenaj ishlari yakuniga yetkazildi.
✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-noyabrdagi PQ-382-son qaroriga muvofiq yopiq suv havzasini kapital ta’mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari “UzshaharsozlikLITI” bosh loyiha institutiga buyurtma berildi.
✅O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi homiyligida Universitet hududidan qilichbozlik zali qurilishi uchun yer maydoni ajratildi hamda texnik topshiriq ishlab chiqilib loyiha institutiga taqdim etildi.
✅Joriy yil dekabr oyida Koreya Respublikasi Puchon provinsiyasi xokimi Pak Yoon-Guk Universitetga tashrif buyurdi. Olib borilgan muzokaralar natijasida universitet hududida “O‘rta Osiyo taekvando markazi” qurishga kelishildi.
✅Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida qozonxonalar va isitish tizimi qayta ko‘rib chiqildi, qozonlar qayta ta’mirlandi natijada, oyiga 20 ming kub gaz iste’molidan iqtisod qilishga erishildi. Quyosh panellaridan samarali foydalanishi natijasida universitet ehtiyojidan oshiqcha 280 mln. so‘mlik elektr energiyasini “Energosotish” aksiyadorlik jamiyatiga sotildi.