#universitet_hayotidan
👩💼2024-yil 4-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Xotin-qizlar bilan ishlash boʻlimi mas’ullari tomonidan 2-sonli talabalar turar joyida talaba-qizlarning yashash sharoiti ko‘zdan kechirildi hamda ularga sanitariya-gigiyena qoidalari, tozalik va bo‘sh vaqtlarida turar joyda tashkil etilgan to‘garaklarda faol bo‘lishlari borasida amaliy tavsiyalar berildi.
⛷Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o'qituvchilari, tyutorlar va kamondan otish sport yo'nalishi talabalari hamda O'zbekiston Respublikasi kamondan otish bosh federatsiyasi murabbiyi I.Aripova ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminar mobaynida talabalar kamondan otish sport turi bo‘yicha keng nazariy bilimlarga ega bo‘lib, o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.