#sportda_dual_ta’lim
✅2024-yil 4-oktabr kuni universitetning Suv sporti, eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasining 15 nafarga yaqin talabalari kafedra professor-o‘qituvchilari hamrohligida Suv sporti turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabida terma jamoa a’zolari bilan o‘zaro tajriba almshish maqsadida amaliy mashg‘ulot jarayonlarini olib borishdi.
✅Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalari ham professor-o‘qituvchilar boshchiligida Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida navbatdagi amaliy mashg‘ulot jarayonlarini markaz o‘quvchilari bilan birgalikda samarali o'tkazib, mahoratlarini yanada oshirishdi.
✅Shuningdek, Tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tyutori va talabalari tomonidan futbol bo‘yicha Kafedra saralash bosqichi o‘tkazildi.