#jahon_chempionati
Koreya Respublikasining Chuncheon shahrida taekvondo WT bo‘yicha yoshlar o‘rtasida davom etayotgan jahon chempionatining ortda qolgan to‘rtinchi kungi musobaqalari sarhisobiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 oltin va 1 ta bronza medaliga ega bo‘lib turibdi.
Xususan, kecha makmlakatimiz yosh taekvondochilaridan Behruz Salimov -48 kg og‘irlikda o‘tkazilgan bahslarda bronza medaliga musharraf bo‘lgan bo‘lsa, musobaqaning ikkinchi kunida mahoratli sportchimiz Dilmurodjon Ma’rufjonov(-45) jahon chempioni nomiga sazovor bo‘lgandi.
Bugun, 5-oktabr kuni jahon chempionatining beshinchi kungi bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Taekvondochi yoshlarimizdan Muhiddin Yaxshiboyev -78 kg vaznning 1/16 finalida kuvaytlik Kunal Kumavatni 2:0 (10:1, 14:2) hisobida taslim etgan bo‘lsa, -73 kg vakilimiz Ahadjon Muxtorov 1/32 final neytral bayroq ostida dayanga chiqqan Vladislav Xrebendan 2:0 (7:2, 4:2) hisobida ustun keldi. Shahrizoda Ahmedova esa (-68) 1/16 finalda koreyalik Lim Ye Rimga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, chempionat bahslari 6-oktabrga qadar davom etadi.