✅ O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlari uchun turli ko‘ngilochar tadbirlar doimiy tashkil etib kelinmoqda.
⏩Hususan, 11-sentyabr kunidan boshlab har kuni soat 18:00 dan 21:00 ga qadar talabalar turar joyi hududida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va o‘tkazish hamda ularga xush kayfiyat ulashish maqsadida madaniy-ko‘ngilochar va sport o‘yinlari va musobaqalarini tashkil etib borish yo‘lga qo‘yildi.
⛹️🎼 TTJ va sport inshootlarini boshqarish direksiyasi mas’ullari, universitet Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari, profilaktika inspektori, tyutorlar ishtirokida tashkil etilgan ushbu tadbirning birinchi kungi dasturidan musiqiy chiqishlar, voleybol, basketbol, stol tennisi, armwrestling hamda futbol va shaxmat kabi sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘rin oldi. Qayd etish joizki direksiya tomonidan barcha talabalar kerakli sport anjomlari bilan ta’minlandi.
Ushbu tadbirlar o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlarning estetik madaniyatini yuksaltirish, shuningdek ular orasida ommaviy sportni targʻib qilishdan iboratdir.