#xalqaro_o‘quv_kursi
🏆O'zDJTSUda Kurash murabbiyligi bo‘yicha 3 oylik onlayn o‘quv kurs yakunlari va ular asosida o‘tkazilayotgan amaliy mashg‘ulotlar qizg‘in davom etmoqda.
✅Xususan, bugun Xalqaro kurash instituti rahbariyati, kurash murabbiyligi va hakamligi bo‘yicha xalqaro eksportlar hamda kurs tinglovchilari ishtirokida navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
📍Mazkur seminar-teraningda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga xorijdan jalb etilgan mutaxassis, Germaniyaning Kyoln universiteti professori Georgiy Korobeynikov tomonidan “Sportchilarning musobaqa oldi va musobaqadan keyingi jismoniy, psixologik va texnik tiklanishi” mavzusida qimmatli va qiziqarli taqdimot qilindi.
📌Taqdimot yakunida kurs tinglovchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javoblar olishdi.