#o‘qishni_ko‘chirish
🏆Bugun, 14-avgust kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2024-2025-o‘quv yilida talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
✅Unda Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor E.Raxmanov, Qabul komissiyasi kotibi D.Ishtayev va kafedra mudirlari ishtirok etdi.
📍Yig‘ilish davomida universitetga kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli qabuli uchun o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda, ularni shaffof va adolatli o‘tkazish hamda baholash mezonlariga qat’iy amal qilish yuzasidan mas’ullarga kerakli topshiriqlar berildi.
📌Ma’lumot o‘rnida, universitetga 2024-2025-o‘quv yilida xorijiy va nodavlat OTMlardan talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari 2024-yil 16-17-avgust kunlari o‘tkaziladi.