#xalqaro_hamkorlik
2024-yil 12-avgust kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Jasur Zarifboyev, Xalqaro aloqalar va investitsiyalarni jalb etish bo‘limi boshlig‘i Muhriddin Yo‘ldoshev hamda Turkiyaning Turk hamkorlik va koordinatsiya agentligi “TIKA” tashkilotining O‘zbekistondagi rahbari Ali Rizo janoblari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✅Uchrashuv davomida bo‘lajak hamkorlik doirasida universitetda ilk marotaba zamonaviy sport laboratoriyasi loyihasi hamda turk tilini o‘qitishga mo‘ljallangan kurslar tashkil etish uchun investitsiya kiritish borasida muhokamalar o‘tkazildi. Ularni moliyalashtirishda esa “TIKA” tashkiloti amaliy yordam ko‘rsatishi alohida ta’kidlandi.
📍Ma’lumot o‘rnida, “TIKA” ta’lim, yoshlar sport va boshqa ijtimoiy sohalardagi loyihalarga grant ajratuvchi Turkiyaning eng yirik investitsion tashkilotdir.