#Olimpiya_sohiblari
🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari litsenziatlari bilan tanishing!
✅Abdullayev Ruslan Anvar oʻgʻli – 2002-yil 18-oktyabr kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida tug‘ilgan. Universitetning boks yo‘nalishi 4-bosqich talabasi. 2021-yildan kattalar terma jamoasi tarkibiga jalb qilingan bo‘lib, murabbiyi Yergali Yarashov.
🏅Yutuqlari: Abdullayev 2022-yildan buyon xalqaro maydonda ulkan yutuqlarga erishib kelmoqda. Xususan, 2022-yil boshida Toshkentda oʻtgan U22 yosh toifasidagi Osiyo chempionati va Iordaniyada kattalar oʻrtasidagi qitʼa birinchiligida -63,5 kg vazn toifasida tengsiz boʻldi. 2023-yil poytaxtimiz mezbonlik qilgan jahon chempionatida ham oltin medalni qo‘lga kiritdi. Sportchimiz ko‘rsatgan natijalari evaziga “Kelajak bunyodkori” medali hamda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
🇫🇷Parij yo'llanmasi: Sportchimiz joriy yilning 3-11-mart kunlari Italiyada oʻtgan jahon litsenzion turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasiga ega boʻldi.