#xorij_safari
Ayni vaqtda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov boshchiligidagi delegatsiya jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro munosabatlarni rivojlantirish, xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda ularni oliygoh faoliyatiga tatbiq qilish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Delegatsiyamiz vakillari 12-may sanasida Pekin sport universitetiga tashrif buyurib, u yerda universitet professori Yang Binsheng hamrohligida universitet faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur universitetning hududi 150 gektardan ortiq bo'lib, 19 ta talabalar turar joyi joylashgan. U yerda 10 000 nafardan ortiq talabalar istiqomat qiladi. Xorijiy talabalar uchun alohida barcha sharoitlarga ega 5 qavatli talabalar turar joyi mavjud. Shuningdek, universitet hududida turli sport turlariga mo‘ljallangan ochiq va yopiq maydonlar, 3000 o‘rinli oshxona faoliyat olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur xorij safari joriy yilning 18-may sanasiga qadar davom etadi.