Bugun, 23-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetga xorijdan jalb etilgan mutaxassislar Xitoy Xalq Respublikasidan jalb qilingan Pekin sport universiteti professori Yang Binsheng va Germaniyaning Kyoln sport universiteti professori Lesya Korobeynikovalar universitet rektori Rashid Matkarimov hamrohligida yurtimizda sport turlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishish maqsadida bir qator sport komplekslarida boʻlishdi.
Xususan, vakillarimiz Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan gimnastika sport maktabi, yaqindan qurib foydalanishga topshirilgan Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi zallarida sportchilar uchun yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirishdi.
Shuningdek, rektor boshchiligidagi xorijiy mutaxassislar 2025-yilda yurtimizda Yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari uchun barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasida ham boʻlib, u yerda olib borilayotgan qurilish jarayonlariga guvoh boʻlishdi.
Qayd etish kerakki, sport sohasidagi bunday islohotlar xorijlik mutaxassislarda katta taassurot qoldirdi.