Mazkur hafta davomida O‘zDJTSU 1-sonli talabalar turar joyida qavatlar hamda o‘quv va yotoq xonalaridagi umumiy holat mas’ullar tomonidan o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida “Eng yaxshi qavat”, “Eng yaxshi o‘quv xonasi”, “Eng naʼmunali talaba-qizlar xonasi”, “Eng naʼmunali o‘g‘il bolalar xonasi” nominatsiyasiyalari bo‘yicha tanlov ham tashkil etildi.
Tanlov g‘oliblari esa oliygohning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori N.Dusanov boshchiligidagi rahbar xodimlar tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Unga ko‘ra:
“Eng yaxshi qavat” nominatsiyasini – Paralimpiya fakulteti talabalari;
“Eng yaxshi o‘quv xonasi” nominatsiyasini – Sport o‘yinlari fakulteti talabalari;
“Eng naʼmunali talaba-qizlar xonasi” nominatsiyasini – Sport o‘yinlari fakulteti talaba-qizlari;
“Eng naʼmunali o‘g‘il bolalar xonasi” nominatsiyasini esa – Ko‘pkurash fakulteti talabalari egallashdi.
Eslatib o‘tamiz, bunday o‘rganish jarayonlari 14-18 fevral kunlari 2-sonli, 21-25 fevral kunlari 3-sonli talabalar turar joylarida ham o‘tkaziladi.