Diqqat eʼlon!
?Hurmatli universitet talabalari!
Joriy yilning 12-21-yanvar kunlari universitet talaba-yoshlari o‘rtasida 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan o‘tkaziladigan "Mardlar qo‘riqlaydi vatanni" mavzusidagi erkin mavzu bo‘yicha onlayn videoroliklar tanlovini eʼlon qilamiz.
Tanlovda bakalavr hamda magistraturada tahsil olayotgan talaba-yoshlar ishtirok etishi mumkin.
Tanlov 2022 yil 21-yanvargacha onlayn shaklda o‘tkaziladi.
Tanlov g‘olib va sovrindorlari universitetning rasmiy saytida eʼlon qilinadi.
Onlayn tanlov g‘oliblari:
Birinchi o‘rin - 3 000 000 (uch million) so‘m;
Ikkinchi o‘rin - 2 000 000 (ikki million) so‘m;
Uchinchi o‘rin - 1 000 000 (bir million) so‘m. bilan taqdirlanadilar.
?Onlayn tanlov ishtirokchilari o‘zlari tayyorlagan materiallarini +998(99-871-33-45) raqamiga ochilgan telegram tarmog‘iga jo‘natadi.
Murojaat uchun tel: 99-871-33-45