#Rektor_kubogi
#taekvondo
🥋Joriy yilning 12-aprel kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan taekvondo sport turi bo‘yicha "Rektor kubogi" musobaqasi o‘tkazildi.
✅Universitet prorektorlari, kafedra mudirlari, professor-oʻqituvchilar, murabbiylar va talabalar ishtirokida oʻtkazilgan musobaqaning ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar mazkur musobaqadan ko‘zlangan maqsad – taekvondo yo‘nalishida yangi iqtidor egalarini kashf etish hamda ularni universitet terma jamoasiga jalb qilishdan iborat ekanligi qayd etishdi.
⏩Shundan so‘ng ishtirokchilar o‘rtasidagi bellashuvlarga start berildi. Jumladan, qizg‘in bahslar davomida talaba-yigitlar 58 kg, 68 kg, 80kg, +80 kg vazn toifalarida, talaba-qizlar esa 49 kg, 57 kg, 67 kg, +67 kg vaznlarda o‘z iqtidorlarini namoyon etdilar.
🏅📜🎁Yakunda g‘olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.