#ilmiy_anjuman
Bugun, 11-aprel kuni ana shu mavzuda universitet yosh olimlari, mustaqil tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrant hamda talabalar ishtirokida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Anjuman universitet rektori Rashid Matkarimovning kirish so‘zi bilan boshlanib, rektor o‘z so‘zida tashkil etilayotgan bunday ilmiy anjumanlar jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash hamda ularning pedagogik va ilmiy salohiyatni yanada oshirish va ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini tubdan yaxshilashdagi ahamiyati yuqori ekanligini alohida ta’kidladi.
Shundan so‘ng anjuman qatnashchilari tomonidan mavzuga oid qator qiziqarli va sohadagi dolzarb masalalarni qamrab olgan taqdimotlar qilindi. E’tiborlisi, har bir taqdimot qizg‘in muhokalarga boy tarzda o‘tib, olib borilgan ilmiy izlanishlarni yanada yaxshilash yuzasidan zaruriy tavsiyalar berildi.
Anjuman so‘ngida eng yaxshi taqdimot egalariga sertifikat hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.