#universitet_hayotidan
#Amir_Temur_tavalludi_689_yilligi
🏉🏑Bugun universitetning Gandbol, regbi, chim ustida xokkey nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashabbusi bilan Amir Temur tavalludining 689 yilligiga bag‘ishlab professor-o‘qituvchilar ishtirokida “Temur tuzuklari bilimdoni” nomli bellashuv tashkil etildi.
✅Unda professor-o‘qituvchilar jamoalarga bo‘lingan holda, pufaklarga yashiringan buyuk bobokalonimiz hayoti va “Temur tuzuklari” asariga oid savollarga javob berib, o‘zaro bahslashishdi.
📖📚Shuningdek, 10-aprel kuni Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan talablar ishtirokida “Sohibqiron Amir Temur yoshlar nigohida” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Suhbat davomida Amir temur haqida keng ma’lumotlar berilishi bilan birga, talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.