#harbiy_qismga_sayohat
🧑✈️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Jangovar yakkakurash, Suv sporti, eshkak eshish hamda Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedralari talabalari professor-o‘qituvchilar va tyutorlar hamrohligida Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan Oliy tank qo‘mondonlik bilim yurti harbiy qismiga sayohat uyushtirildi.
🇺🇿Talaba-yoshlarni Ona yurtga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil qilingan ushbu sayohatda talabalar harbiy qism faoliyati hamda 🛩🚁🔫harbiy texnika va qurol-yarogʻlarning ishlash tartibi toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻldi.
📍Aytish joizki, harbiy qismdagi oʻziga xos muhit talabalarda oʻz Vataniga boʻlgan mehr-muhabbat va vatanparvarlik tuyg‘ulari yanada jo‘sh urishiga xizmat qildi!