#ma’rifiy_tadbir
Bugun, 11-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida universitet birinchi prorektori Sherzod Mirzanov, rektor maslahatchisi Umar To‘raqulov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi "Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO" kafedrasi dotsenti Dilafruz Turdiyeva, kafedra mudirlari, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar ishtirokida maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Yoshlarni Ona Vatanga bo‘lgan muhabbati, qadimiy boy tarixi, ota-bobolarimiz kabi o‘z dinimizga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish, kelajak avlodlarga yetkazish, shu bilan birga ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash va diniy vaziyatni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbrida Dilafruz Turdiyeva tomonidan dolzarb mavzularda ma’ruzalar qilindi.
Xususan, soha vakili bugungi davr globallashuvining shiddatli tus olishi dunyo miqyosida gʻoyaviy-mafkuraviy tahdidlarning tobora avjiga chiqishiga zamin yaratayotgani, shuningdek, dunyoviy va diniy bilimlar borasida sogʻlom dunyoqarashning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini anglamaslik, bilmaslik insonlarni terrorizm girdobiga griftor etayotgani to‘g‘risida o‘z-fikr mulohazalarini bildirib, gʻoyaviy tahdidlar taʼsiridan yoshlarni asrash va ularda bunday illatlarga qarshi immunitet shakllanishida pedagoglarining oʻrni nihoyatda katta ekanligiga alohida urg‘u berdi.
Talabalarning diniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilimlari va tushunchalari ortishiga xizmat qilgan ushbu tadbirdagi ishtiroki uchun soha mutaxassisi Dilafruz Turdiyevaga universitet rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirildi.