#Rektor_kubogi
#voleybol
#basketbol
🏀🏐Xabar berganimizdek, 2025-yil 9-aprel kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamda Sport klubi tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida basketbol va voleybol bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalari start olgan edi.
✅Bugun, 10-aprel kuni musobaqaning voleybol turi bo‘yicha bahslar o‘tkazildi. Dastlab, ochilish marosimi tashkil etilib, unda oliygohning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sherzod Mirzanov, kafedra mudirlari, Sport klubi mas’ullari, professor-o‘qituvchilar hamda ishtirokchi jamoalar qatnashdi.
📍Marosim davomida so‘z olganlar ushbu musobaqa talaba-yoshlar orasida ommaviy sport turlarini yanada keng targ‘ib qilish va mazkur sport turlari bo‘yicha universitet terma jamoasini yangi iqtidor egalari bilan boyitish maqsadida tashkil etilganligi yana bir bor alohida qayd etildi.
✔️Shundan so‘ng ishtirokchi jamoalar o‘rtasida shiddatli bahslar boshlanib, o‘yin jarayonlari qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘ldi. Ikki kun davom etgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra👇
🏐Voleybol bo‘yicha (yigitlar):
🥇Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport yo‘nalishi talabalari
🥈Qishki sport turlari yo‘nalishi talabalari
🥉Tennis, badminton yo‘nalishi talabalari
Qizlar o‘rtasida:
🥇Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport yo‘nalishi
🥈Tennis, badminton yo‘nalishi talabalari
🥉Basketbol yo‘nalishi talabalari
🏀Basketbol bo‘yicha (yigitlar):
🥇Voleybol, basketbol yo‘nalishi talabalari
🥈Futbol yo‘nalishi talabalari
🥉Sirtqi belbog'li kurash ta’lim yo‘nalishi talabalari
Qizlar o‘rtasida:
🥇Regbi yo‘nalishi talabalari
🥈Voleybol, basketbol yo‘nalishi talabalari
🥉Gandbol yo‘nalishi talabalariga nasib etdi.
🏆🏅 🎁Musobaqa so‘ngida g‘olib va sovrindor jamoalar kubok, medal, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.