#ommaviy_sport
✅Joriy yilning 9-aprel kuni universitetning Sport psixologiyasi va pedagogika kafedrasi tashabbusi bilan ommaviy sport turlarini rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish yuzasidan kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar o‘rtasida musobaqalar tashkil etildi.
♟⚽️Sportning shaxmat hamda futbol turlaridan bo'lib o'tgan ushbu musobaqalarda kafedra a'zolari faol ishtirok etdi. E’tiborlisi, shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda bir qator yo‘nalish talabalari ham qatnashib ular o‘rtasida qizg‘in bahslar kechdi va yakunda quyidagi natijalar qayd etildi:
🥇Sport psixologiyasi va pedagogika kafedrasi,
🥈Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi,
🥉Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi.
✔️Shuningdek, Sport psixologiyasi va pedagogika kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida futbol sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarda talabalar jamoasi g‘alaba qozondi. Aytish joizki, mazkur ommaviy sport musobaqalari talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.