#Amir_Temur_tavalludi
#689_yilligi
#zakovat
♻️Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Ichki ishlar vazirligiga qarashli Qorovul qo'shinlari 7535-harbiy qism xizmatchilari bilan hamkorlikda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligiga bag‘ishlab “Biz – sohibqiron Amir Temur avlodimiz!” shiori ostida harbiylar va talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
✔️Do‘stona ruhda tashkil etilgan o'yin universitet birinchi prorektori Sherzod Mirzanov tomonidan ochib berilib, unda Tennis, badminton, stol tennisi, Qishki va murakkab texnik sport turlari, Sport psixologiyasi va pedagogika, Jangovar yakkakurash hamda Suv sporti, eshakak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati kafedralari talabalari o‘z jamoalari bilan ishtirok etdi. O‘yin jarayonlarini Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti raisi S.Eshpo'latov boshqarib bordi.
👇Yakunda quyidagi natijalar qayd etildi:
🥇1-o'rin – “Kvartet” jamoasiga;
🥈2-o'rin – “Psixologlar” jamoasiga;
🥉3-o'rin – “Kreativ” jamoasiga nasib etdi.
📜🎁O‘yin so‘ngida g‘olib va sovrindor jamoalar hamda faol ishtirokchilar munosib taqdirlandi.