#sambo_respublika_turniri
Joriy yilning 21-23-mart kunlari Toshkent shahridagi "JAR" sport majmuasida bo'lib o'tgan sambo boʻyicha sport ustalari oʻrtasidagi respublika turnirining +98kg vazn toifasidagi bahslarda Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari Zafar Bo'riyev 🥇oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa 🥉bronza medali Farhod Sadullayevga nasib etdi.
✅Mazkur natija esa o'z navbatida g'olib va sovrindor ustozlarimizga sambo bo'yicha bo'lib o'tadigan osiyo va jahon chempionati musobaqalari yo'llanmasini taqdim etdi.
💐👏Professor-o‘qituvchilarimizni erishgan yutuqlari bilan samimiy qutlaymiz!