#xizmat_safari
Xabar berganimizdek, ayni kunlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport sport ta’limi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish hamda universitetning Nukus filialida talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning sport bilan muntazam va tizimli shug‘ullanishi, mavjud sport inshootlari holatini o‘rganish maqsadida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Safar davomida universitet rektori filial direktori hamrohligida Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bitiruvchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida rektor oliy ta’lim va o’rta maxsus o‘quv yurtlari o‘rtasidagi hamkorlik asosida Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bitiruvchilarini O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Nukus filialiga o‘qishga keng qamrab olish, o‘quv yurtining ichki imkoniyatlari, talabalarning bilim olishi uchun yaratilgan sharoitlar, o‘qishga hujjat topshirish tartibi va kasbiy ijodiy imtihon sinovlari haqida tushunchalar berib o‘tdi.