#ilmiy_seminar
📊2025-yil 12-mart kuni universitet doktorantlari, yosh olimlar va mustaqil izlanuvchilar uchun "Sport tadqiqot natijalari o‘zgarishi ishonchliligini statistik baholash va grafik tasvirlash xususiyatlari" mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkaziladi.
💻Seminarda Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti A.Akbarov tomonidan mavzuga oid taqdimot qilinib, unda jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshiriladigan ilmiy-pedagogik tadqiqot jarayonlarining tashkiliy-uslubiy xususiyatlari, bosqichlari hamda ulardan olinadigan sport natijalari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar keltirilib, ular bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.