Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan 16-17-dekabr kunlari sportning basketbol turi bo‘yicha universitetning umumiy kurs talabalari o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi.
Ikki kun davom etgan qizg‘in va murosasiz bahsda 100 dan ortiq talaba-yoshlar o‘z jamoalari bilan ishtirok etib g‘oliblik uchun jiddiy kurash olib bordilar.
Musobaqa yakuniga ko‘ra Sport o‘yinlari fakultetining VB 52-21 guruh talabalari 3-o‘rinni, VB 01-21 guruh talabalari ikkinchi o‘rinni, GB 51-21 guruh talabalari birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘olib bo‘lgan jamoa ishtirokchilariga diplom, medal hamda bosh sovrin Kubok tantanali topshirildi!
https://t.me/uzdjtsu_rasmiy