#qo‘shma_ta’lim
2025-yil 29-yanvar kuni universitetning 1+1 qo‘shma ta’lim dasturi asosida tashkil etilgan O‘zbek-Belarus fakulteti mas’ullari hamda magistrantlar Belarus davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida bo‘lib, oliygoh rektori S.B. Repkin boshchiligidagi rahbariyat jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida fakultet magistrantlari Belarus davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti haqida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashish bilan birga, istiqboldagi maqsad-vazifalarni ham muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldilar.
Bundan tashqari, magistrantlar universitet infratuzilmasi bilan ham yaqindan tanishdilar.