#futbol #Rektor_kubogi
⚽️Kecha, 14-fevral kuni universitetda Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Sport klubi, Gandbol, regbi, chim ustida xokkey hamda Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedralari hamkorligida oliygoh professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida “Rektor kubogi” musobaqasi tashkil etildi.
✅O‘qituvchi-xodimlar o‘rtasida sportni ommalashtirish va rivojlantirish hamda ularni muntazam ravishda sog‘lom turmush tarziga amal qilishga yo‘naltirish maqsadida tashkil etilgan ushbu musobaqada jamoalar o‘rtasida qizg‘in bahslar boshlandi.
📍Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqa bugun ham davom etadi.