#universitet_hayotidan
#kompleks_o‘rganish
✔️Bugun, 10-fevral sanasidan boshlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tuzilgan ishchi guruh tomonidan universitet kafedralari faoliyatini kompleks o‘rganish jarayonlari boshlandi.
📌Mazkur o‘rganish jarayonlari Universitetning 2025-yilgi ish rejasida belgilangan asosiy vazifalar va ta’lim sifatini oshirish, ijro intizomini ta’minlash, shuningdek, universitet kafedralarida o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, ma’naviy-ma’rifiy va ommaviy sport tadbirlari, moddiy-texnik bazasi, xalqaro aloqalar jarayonlari sifatini oshirish hamda ijro intizomi borasida olib borayotgan ishlar samaradorligini yanada yaxshilash hamda tizimli tashkil etilishini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
📍Eslatib o‘tamiz, kompleks o‘rganish jarayonlari barcha kafedralar kesimida olib boriladi.