#talabalar_anjumani
#mahorat_darsi
✅Bugun, 13-mart kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Boks nazariyasi va uslubiyati kafedrasining iqtidorli talabalari o‘rtasida boks sport turini rivojlantirish istiqbollari va muammolariga bag‘ishlangan talabalar ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
💻Anjuman davomida talabalar tomonidan mavzuga oid qiziqarli va tahliliy taqdimotlar qilinib, ular bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi. Yakunda eng yaxshi taqdimot egalari sertifikatlar bilan taqdirlandi.
✅Shuningdek, talabalar uchun kubalik tajribali murabbiy Xulio Li Echavria ishtirokida mahorat darsi o‘tkazilib, unda mutaxassis tomonidan boksdagi texnik-taktik harakatlarni takomillashtirishga oid qiziqarli va qimmatli ma’lumotlar berildi.