#xizmat_safari
🔷 Bugun kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori universitetning Nukus filiali direktori bilan birgalikda markaziy "Turon" stadionida bo‘ldi. U yerda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishib, quruvchilar bilan suhbatlashdi va stadionni sifatli qilib qurib bitkazish bo‘yicha o‘zining fikr va takliflarini bildirdi.
✅ So‘ng yaqinda qurilish-ta’mirlash ishlari yakunlangan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Qoraqalpog‘iston futbol akademiyasini borib ko‘rdi.