#seminar_trening
♻️Universitetning Ofis registratori xizmatlari hamda O‘quv-uslubiy boshqarmalari mutaxassislari tomonidan barcha ixtisoslik kafedralari mas’ullari va professor-o‘qituvchilar uchun Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish–HEMIS axborot tizimi tasdiqlangan reglamentini samarali ishlashini taʼminlash to‘g‘risida seminar-trening o‘tkazildi.
🔰Unda seminar-trening tinglovchilariga mazkur tasdiqlangan reglament maqsadi – HEMIS axborot tizimini oliy taʼlim tashkilotlarida samarali joriy etish, undan foydalanish va maʼlumotlarni kiritish hamda shakllantirish jarayonlarini tartibga solishdan iborat ekanligi haqida ma’lumot berildi.
✅Shuningdek, har bir professor-o‘qituvchiga biriktirilgan fan mavzulari, kontentlar, fanga doir talabalarga berilgan topshiriqlarni axborot tizimiga kiritish uchun ajratilgan reglamentlar ko‘rgazmali taqdimotlar yordamida ko‘rsatib o‘tildi.