#sportda_dual_ta’lim
✅2024-yil 25-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan kurash sportini yanada rivojlantirish hamda talabalarning mazkur sport turi bo‘yicha ko‘nikma va mahoratlarini oshirishga qaratilgan navbatdagi amaliy mashg‘ulot jarayonlari tashkil etildi.
Ushbu amaliy mashg‘ulot jarayonlariga yetakchi ekspert, xalqaro toifadagi hakam, professor Kim Eur Joong jalb etilib, talabalarga kurashda hakamlik qoidalariga kiritilgan yangiliklar hamda polvonlar o‘rtasidagi kurashni xolis va to‘g‘ri baholash yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tildi. Ahamiyatlisi, har bir ma’lumot ko‘rgazmali misollar yordamida ko‘rsatildi.