?Universitet talabalari diqqatiga!
? Joriy yilning 9-,10-,11- dekabr kunlari "Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi tashabbusi bilan sportning Voleybol turi bo‘yicha Umumiy kurs talabalari (voleybol yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalardan tashqari) o‘rtasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti birinchiligi o‘tkaziladi.
?G‘olib jamoalar universitet rahbariyati tomonidan diplom va medal bilan taqdirlanadi.
?Eng muhimi musobaqada 1-o‘rinni egallagan jamoa ishtirokchilariga universitet Sport klubi tomonidan 3-razryad taqdim etiladi.
?Musobaqada ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar 7-dekabr kuni soat 16:00 ga qadar "Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasiga" (sport majmua) kelib talabnomani topshirishlari so'raladi.
Bosh hakam: "Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi" o‘qituvchisi N.S.G'ulomov
Vaqti va o‘tkazish joyi: 9-,10-,11-dekabr soat 10:00 da universitet "sport majmuasi" (manej).
Masʼul: " "Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi
Murojaat uchun telefon: +998905280508
Mazkur sport musobaqasiga universitet talabalarini taklif qilib qolamiz.