Amerika Qo‘shma Shtatlarining Sent-Luis shahrida umumiy mukofot jamg‘armasi 152 000 dollarni tashkil qilgan shaxmat bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida yakuniga yetgan mamlakat chempionatida hamyurtimiz Gulruhbegim Tohirjonova (2374) 11 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg‘arib, 🥈kumush medalni qo'lga kiritish barobarida 💵30 ming AQSH dollariga ega chiqdi.
Shiddatli kechgan bahsda amerikalik Karissa Yip (2418) 8,5 ochko bilan AQSHning 2024-yilgi chempioni nomiga sazovor bo‘ldi. Yana bir amerikalik shaxmatchi qiz Alise Li (2395) 7 ochko bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Aytish lozim, okean orti mamlakatida munosib natijaga erishgan Gulruhbegim Tohirjonova AQSH vitse-chempioni bo‘lish barobarida ayollar o‘rtasidagi jahon kubogida qatnashish huquqini ham qo‘lga kiritdi. Erkaklar o‘rtasidagi musobaqada FIDE reytingida 4-o‘rinda borayotgan Fabiano Karuana AQSH chempionligiga erishdi.