🤼Joriy yilning 21-oktabr kuni Albaniyaning Tirana shahrida start olgan sport kurashlari bo‘yicha U23 yosh toifasidagi jahon chempionatining ikkinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Alisher G‘aniyev 🥇oltin medalni qo‘lga kiritdi.
✅Hamyurtimiz -60 kilogramm vazn toifasida Xalqaro sport kurashlari uyushmasi bayrog‘i ostida ishtirok etgan rossiyalik Dinislam Bammatov bilan kuch sinashdi. Shiddatli kechgan bellashuvda Alisher G‘aniyev 8:4 hisobida g‘oliblikni tantana qildi.
🏆Tirana shahridagi muhtasham sport majmuasi uzra vatanimiz bayrog‘i yuksalib, madhiyamizni baralla yangrashiga sabab bo‘lgan Alisher G‘aniyev O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabasidir!
💐👏Sportchimizni erishgan g‘alabasi bilan universitet jamoasi nomidan samimiy qutlaymiz!