#men_donor
✅Hayotda kimgadir beg‘araz yordam berish yoxud uning hayotini saqlab qolishga sababchi bo‘lish katta savobli ishdir!
🏇⚽️Bugun, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Og‘ir atletika, ot sporti nazariyasi va uslubiyati hamda Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedralari professor-o‘qituvchilari, tyutorlari va talabalar ana shunday savobli ishga qo‘l urib, Toshkent viloyati qon quyish stansiyada tashkil etilgan 🩸#men_donor aksiyasida faol ishtirok etishdi.
📍Shuni alohida qayd etish joizki, 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu aksiyada vakillarimiz ko‘plab insonlar hayotini saqlab qolishga o‘z hissalarini qo‘shdilar!