#davra_suhbati
✅Bugun, 3-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlab huquq tartibot idoralari bilan hamkorlikda "Ochiq eshiklar kuni" doirasida davra suhbati o‘tkazildi.
✔️Unda universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sherzod Mirzanov, rektor maslahatchi Umar To‘raqulov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi akademiyasi professori, polkovnik Sharif Qobilov, universitet yurist konsulti, 2-darajali adliya maslahatchisi Toxir Tojibayev, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo’limi boshlig‘i Zunnun Xalmirzayev, bo‘lim xodimlari kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
♻️Davra suhbati davomida soha vakillari tomonidan talabalarga korrupsiya va uning oqibatlari, bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan amaliy islohotlar hamda korrupsion xatti-harakatlar uchun qonunda belgilangan javobgarliklar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi.
📌Yakunda talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarilib, tadbir mehmoniga universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnoma topshirildi.