#Universitet_hayotidan
Kecha, 21-avgust kuni kurash bo‘yicha 3 oylik onlayn kurs tinglovchilari uchun amaliy mashg‘ulotlardan tashqari universitet hududi bo‘ylab kichik ekskursiya uyushtirildi.
Ekskursiya davomida tinglovchilar universitetdagi mavjud sport inshootlari hamda ularda olib borilayotgan mashg‘ulotalarni kuzatib, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Kunning ikkinchi yarmida esa ishtirokchilarga IKI tajribali mutaxassisi, xalqaro hakam janob Kim Eur Jung tomonidan hakamlik qoidalari va ododb-axloq me’yorlari to‘g‘risida mahorat darsi o‘tkazildi. Unda “dakki”, “g‘irrom”, “tanbeh” kabi kurash davomida ishlatiladigan tushunchalarga ham alohida urg‘u berildi va ko‘rgazmali misollar bilan tushuntirildi.
Yakunida ishtirokchilar olgan bilimlari bo'yicha amaliy mashg'ulotlar o'tkazdilar.