🎓 Iste’dodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Ulugʻbek” jamgʻarmasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti hamkorligida 2024/2025-o‘quv yili uchun “Mirzo Ulugʻbek vorislari” oʻquv kursiga qabul jarayonlari boshlanganligini e’lon qiladi.
🏫 Kurs haqida ma’lumot: Mazkur oʻquv kurslariga joriy yilda davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi 2-kursini bitirib, uchinchi kursiga o‘tgan, akademik qarzdorligi bo‘lmagan iqtidorli talabalari saralash asosida qabul qilinadi.
📚 Tanlov tafsilotlari: Oʻquv kurslariga “Mirzo Ulug‘bek vorislari” – “Data science” o‘quv kursi tanlovini tashkil etish va tanlov uchun har bir davlat oliy ta’lim muassasalaridan 60 nafar iqtidorli va salohiyatli talabalarni jalb etish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun:
🔷 Oʻquv kurslarida talabalar mutaxassisligi va ta’lim yo‘nalishidan qat’iy nazar o‘qishdan ajralmagan holda ishtirok etadi va zamonaviy kasb egallash imkoniga ega bo‘ladi.
🔷 Oʻquv kurslariga saralash bosqichida g‘olib deb topilgan hududlardagi talabalarga, o‘quv yili davomida o‘qishini mutaxassisligi bo‘yicha Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida akademik mobillik asosida tashkil etiladi.
🔷 Shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tinglovchilar uchun o‘quv kurslarida o‘qishi davomida bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida har oyda bir marotaba rag‘batlantirib boriladi hamda zamonaviy noutbuk taqdim etiladi.
💻**Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar https://dscience.uz havolasi orqali joriy yilning 15-avgust sanasiga qadar qabul qilinadi.
📧 📲 Aloqa uchun telefon: +99899-408-63-31