O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Milliy g’urur” chellenjini e'lon qiladi.
“Milliy g’urur” chellenji-yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida ona tiliga muhabbat, vatanparvarlik tuyg’ularini keng targ‘ib qilish doirasida tashkil etilgan.
Mazkur chellenjda professor-o'qituvchilar va barcha talaba-yoshlar ishtirok etishi mumkin. Chellenjda faol bo'ling!
"Milliy g`urur" chellenji g`oliblari 1-o’rin uchun 1 mln, 2-o’rin uchun 700 ming, 3-o’rin uchun 500 ming so’m miqdorida pul mukofotlari va universitet rektorining I, II va III darajali diplomlari bilan taqdirlanadi.
Ona tilimizni ulug'lashda o'z xissamizni qo'shaylik!
“Milliy g’urur” chellenji nizomi (Nizom bilan tanishish uchun ko'k yozuv ustiga bosing)
https://t.me/uzdjtsu_rasmiy