#universitet_hayotidan
#kompleks_o‘rganish
✅ O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ishchi guruh tomonidan universitet kafedralari faoliyatini kompleks o‘rganish jarayonlari yakunlandi.
⏩ Jumladan, 19-fevral kuni ishchi guruh a’zolari universitetning Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish, Sport psixologiyasi va pedagogika kafedralari, 20-fevral sanasida esa O‘zbek va chet tillari, Tibbiy-biologik va Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedralari faoliyatini o‘rgandilar.
📍Ishchi guruh tomonidan o‘rganishlar jarayonida universitetdagi mavjud 21 ta kafedralarida o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, ma’naviy-ma’rifiy va ommaviy sport tadbirlari, moddiy-texnik bazasi, ijro intizomi hamda xalqaro yo‘nalishlarda olib borilgan ishlar tahliliy o‘rganilib, mazkur yo‘nalishlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida ularni tizimli tashkil etilishi bo‘yicha zaruriy ko‘rsatmalar berildi.